Hindistonda YTH oqibatida 26 kishi hayotdan koʻz yumdi

02:27 30 Yanvar 2020 Dunyo
245 0

Illyustrativ surat

Hindistonning Maxarashtra shtatida joylashgan Nashik shahrida avtobus avtofalokati natijasida 26 kishi halok boʻldi, 32 kishi esa jarohat oldi.

Bu haqda “Mk.ru” xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, vafot etganlar orasida bolalar ham bor.

“Avtobus riksha bilan toʻqnashgan, keyin ikkilasi ham agʻdaralib ketgan”, deydi manba.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ushbu fojiaga izoh berdi. Xususan, halok boʻlganlarning oilalariga taʼziya bildirdi, tirik qolganlarga esa tezroq sogʻayib ketishni tiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?