Hindistonda dunyodagi eng yirik koronavirus kasalxonalaridan biri ochildi

21:42 29 Iyun 2020 Dunyo
147 0

Hindistonda dunyodagi eng yirik koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun shifoxona ochildi. Taʼkidlanishicha, oʻsha kuni mamlakatda bir kunda koronavirusning yangi holatlari rekord darajada koʻpaygan.

Sardar Patel COVID Care Centre parvarishlash markazi Hindistonning 10 ming bemorga moʻljallangan eng yirik tibbiy muassasasidir. U yakshanba kuni qisman ish faoliyatini boshladi. Hozirda shifoxona 2000 bemorni qabul qila oladi. Kasalxona chorshanba kuni toʻliq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Sardar Patel COVID Care Centre xizmat koʻrsatish markazi “dunyodagi eng katta shifoxonalardan biri” ekanligi aytilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 19 906ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 410 kishi vafot etgan, natijada koronavirusga chalinganlar umumiy soni 528 859 nafarga yetgan, vafot etganlar soni esa 16 095 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?