Hindistonda Boburiylar davriga oid qoʻlyozmalar koʻrgazmasi ochildi

22:41 12 Fevral 2020 Jamiyat
198 0

Foto: www.dunyo.info/ru

Hindistondagi Rampur shahrida mashhur Roza kutubxonasi mavjud. 1774-yilda tashkillashtirilgan kutubxonada 17000 ga yaqin qoʻlyozmalar, ichida 4413 dona rasmlari boʻlgan 150 ta rasmli kitoblar, 5000 ta miniatyuralar, 83000 ta qadimiy kitoblar hamda 3000 ta islomiy xattotlik namunalari saqlanadi.

Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi koʻmagida Rampur kutubxonasida boburiylar davriga oid qoʻlyozmalar va miniatyuralar koʻrgazmasi ochildi.

Koʻrgazmada nodir qoʻlyozmalar, Bobur asarlaridan parchalar, Amir Temur va uning avlodlari — Zahiriddin Muhammad Bobur, Shohjahon, Avrangzeb Olamgir tasvirlangan miniatyuralar, oʻsha davr kitoblariga oid rasmlar, shuningdek, badiiy asarlar namoyish etilgan.

Rampurdagi kutubxonada “Devoni Bobur”ning asl nusxasi saqlanadi.

“Kutubxonada Zohiriddin Muhammad Bobur va oʻrta asrlar Hindistoniga oid Bobur avlodlari Hindistonda hukmronlik qilgan davrga oid boy qoʻlyozmalar toʻplami mavjud. Ularning orasida ilohiyot, sheʼriyat, tibbiyot, ilm-fanga oid koʻplab qoʻlyozmalarni topishingiz mumkin va har bir asarning oʻz tarixi bor. Kutubxonadagi eng qimmatli qoʻlyozmalardan biri, shubhasiz, “Devoni Bobur” boʻlib, unda Boburning oʻzi qoʻli bilan yozilgan satrlar mavjud. Bundan tashqari, siz Oʻrta Osiyo haqida keng qoʻlyozmalar toʻplamini topasiz, chunki ularning koʻpgina mualliflari qadimgi Movarounnahrdan”, — deydi sharqshunos olim Naxi Abbos Kaifiy.

Eslatib oʻtamiz, bu yil 14-fevral kuni buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536-yilligi keng miqyosda nishonlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?