Hindistonda bir kunda ikki mingdan ortiq odam koronavirusdan vafot etadi

15:59 17 Iyun 2020 Dunyo
327 0

Foto: РИА Новости

Hindistonda bir kunda koronavirus infeksiyasining 2003 ta oʻlim holatlari qayd etildi va mamlakatda jami COVID-19 qurbonlarining soni 11 903 nafarga etdi.

Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, chorshanba kuni ertalab mamlakatda 11 000ga yaqin yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilgan. Bemorlarning umumiy soni 354 065 nafarga yetgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, hozirda 155 227 bemor kasalxonalarda, bundan tashqari 186 934 odam tuzalib chiqqan.

Hindiston hukumati shu hafta qattiq izolyatsiyadan chiqishning birinchi bosqichini boshladi. Aksariyat shtatlar savdo markazlari, ibodatxonalar va ziyoratgoh joylari, shuningdek, restoran va mehmonxonalarni ikki oydan oshiq vaqt oʻtgach, baʼzi cheklovlar bilan ochishga ruxsat beradi.

Koʻpgina shifokorlar esa mamlakatda kasallanish darajasining koʻtarilishini izolyatsiyaning yumshatilishi bilan bogʻlashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?