Hindiston, Nepal va Bangladeshdagi sel yuzlab qurbonlarga sabab boʻldi

19:03 18 Iyul 2020 Dunyo
424 0

Janubiy Osiyo mamlakatlarida kuchli yogʻingarchilik oqibatida kelib chiqqan selda halok boʻlganlar soni 221 nafardan oshdi, deya xabar bermoqda «Yevronyus».

Birgina Hindistonning Assam shtatida sel 3,6 million kishiga zarar yetkazgan, yuz minglab aholi xavfsiz joylarga koʻchishga majbur boʻlgan. Shtatning turli hududlarida qariyb 4 ming kishi qutqarib olingan.

Nepal Ichki ishlar vazirligi esa 12-iyuldan beri kuzatilayotgan sellarda 117 kishi halok boʻlganini, 47 kishi bedarak yoʻqolganini maʼlum qildi.

Bangladeshda ham kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari katta moddiy zararni keltirib chiqargan, turli hududlarda koʻchkilar yuzaga kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?