Hindiston matbuoti: “Oʻzbekiston — sammitning asosiy ishtirokchisi”

Hindistondagi nufuzli ommaviy axborot vositalari “Joʻshqin Gujarat — 2019” IX xalqaro investitsiya sammiti va unda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirokiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Buni nashrlarda koʻplab materiallar eʼlon qilinayotgani misolida ham koʻrish mumkin.
Jumladan, ushbu mamlakatning yirik nashrlaridan biri — “The Hindu” gazetasida “Oʻzbekiston Prezidenti “Joʻshqin Gujarat” sammitining bosh mehmoni boʻladi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
Unda aytilishicha, davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo Prezidentlari orasida birinchilardan boʻlib, nufuzli mehmon sifatida ishtirok etyapti.
Gazeta Oʻzbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyevning tadbir boʻyicha intervyusini ham keltiradi:
“Prezidentimiz “Joʻshqin Gujarat” sammitiga hukumat darajasidagi va katta biznes delegatsiya bilan tashrif buyuryapti”, deydi elchi F. Arziyev.
Oʻzbekistonning yuqori darajadagi delegatsiyasi tarkibiga Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, 60 dan ortiq biznes tuzilmalari, yirik milliy va xususiy kompaniyalar rahbarlari ham kirgan.
Elchining soʻzlariga koʻra, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning soʻnggi toʻrt oy ichida Hindistonga amalga oshirayotgan ikkinchi tashrifidir. Oʻzbekiston yetakchisining 2018 yil oktyabr oyidagi davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochdi. Ayni paytda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik kengaymoqda.
“Iqtisodiy sohani liberallashtirish, izchil siyosiy islohotlar va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni jalb qilish Oʻzbekistonni biznes va investitsiyalar uchun jozibador mamlakatga aylantirmoqda”, deydi elchi.
Hind kompaniyalari Oʻzbekistonning farmatsevtika, toʻqimachilik, taʼlim, axborot texnologiyalari va turizm kabi sohalarda investitsiya imkoniyatlarini yuqori baholaydi.
“Gujarat — farmatsevtika sanoati markazi hisoblanib, bu yerda yetakchi kompaniyalar faoliyat yuritadi, — dedi shtatning bosh kotibi J. N. Singx. — Oʻzbekistondagi yangilanishlar kompaniyalarimizga oʻz faoliyat qamrovini kengaytirishga imkon beryapti. Farmatsevtika sohasiga investitsiyalarni jalb etish maqsadida Andijon viloyatida erkin farmatsevtika zonasi tashkil qilinmoqda. Natijada Gujarat va Andijon oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlanayotir”.
Yana bir yirik iqtisodiy nashr — “The Economic Times” gazetasi “Hindiston Bosh vaziri Gujarat sammitida Oʻzbekiston Prezidentini kutmoqda” sarlavhali maqola chop etdi.
Uning muallifi Dipanjan Roy Chaudxurining taʼkidlashicha, farmatsevtika tarmogʻiga investitsiyalarni jalb qilish uchun Andijon viloyatida “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilmoqda. Bu ayni paytda Gujarat kompaniyalari uchun farmatsevtika, toʻqimachilik va boshqa sohalarda biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Gujaratdagi koʻrgazmada Oʻzbekiston paviloni keng koʻlam va rang-baranglik kasb etadi. Chunonchi, avtomobilsozlik, metallurgiya, farmatsevtika, qurilish, IT, bank, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati, turizm, taʼlim va boshqa sohalar namoyishi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotishi, shubhasiz.
Anvar MIRZAYEV (“Xalq soʻzi”) tayyorladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: