Hind kompaniyasi oʻzbek olimlari yaratgan texnologiyani tijoratlashtirish imkoniyatini koʻrib chiqadi

16:27 21 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
561 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi Online”/Dilmurod Sodiqov. Innovatsion rivojlanish vazirligida Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish ishlari doirasida Hindistonning “Arvind Limited” tekstil kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Arvind Limited” tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar ichida Hindistondagi eng yirik va dunyodagi toʻrtinchi kompaniya hisoblanadi. Yillik pul aylanmasi 2 mlrd. AQSH dollarga teng. Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda kompaniya qishloq xoʻjaligi sohasida ham faoliyat yuritib, telekommunikatsiya, injiniring va koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatadi”, - deydi “Arvind Limited” kompaniyasining paxtachilik va agrobiznes boʻyicha direktori Pragnesh Shax.

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy-investitsion siyosat, xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, tekstil sohasida klaster loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Jumladan, paxta yetishtirish va qayta ishlash hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agro-tekstil klasterini yaratish masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga mehmonlarda oʻzbek olimlari tomonidan yaratilgan paxta gen-nokauti texnologiyasi katta qiziqish uygʻotib, mazkur texnologiyani tijoratlashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishlari mumkinligini maʼlum qilishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?