Hind filmida oʻzbek aktyori suratga tushmoqda

10:51 18 Oktyabr 2019 Madaniyat
168 0

Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios Oʻzbekistonda “Khuda Hafiz” nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlarini boshladi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.

Film rejissyori sifatida Faruk Kabir ishtirok etmoqda. “Khuda Hafiz” filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSH, Rossiya va qator Yevropa mamlakatlaridan 30 kishi Oʻzbekistonga kelgan.

Shu bilan birga ijodiy jarayonda Oʻzbekistondan ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilinmoqda. Oʻzbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti bir million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan soʻng ijodiy guruh oʻz ishini Hindistonda davom ettiradi.

Ushbu loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiyev ham suratga tushmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?