“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga elchixonalar biriktirildi

17:39 18 Avgust 2020 Hujjatlar
280 0

“Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatida 2020–2022-yillarda umumiy qiymati 2,2 trln soʻmlik 84 ta investitsiya loyihalari, bundan tashqari umumiy qiymati 516,8 mln dollarlik 26 ta istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

2021-yil 1-aprelga qadar 26 ta yirik investitsiya loyihalari bilan bir vaqtda viloyatning har bir tumanida qoʻshimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining (EIZ) qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytiriladigan hududlar belgilandi.

Qarorga koʻra, EIZga Oʻzbekistonning tegishlicha xorijdagi diplomatik vakolatxonalari biriktirildi.

Biriktirilgan elchixonalar viloyat hokimligi bilan birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan EIZda yangi investitsiya loyihalarini joylashtiradi.

Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Infratuzilma jamgʻarmasi tashkil etilib, uning mablagʻlari EIZning kengaytirilgan hududlarida infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

2020-yil 1-sentyabrdan boshlab eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri oʻrtasida eksport qiluvchilarga temir yoʻl yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?