“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga qanday oʻzgartirishlar kiritilmoqda?

12:34 04 Iyul 2019 Jamiyat
194 0

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarida, murakkab va ziddiyatli holatlarda markaziy poliklinikalardan birida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Ilgari tibbiy koʻrikning barcha bosqichlari faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul oʻtkazilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?