Haj safarini bekor qilgan davlatlar

14:52 17 Iyun 2020 Dunyo
510 0

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi haj mavsumi bekor qilinishi mumkin. Lekin musulmon mamlakatlarning aksari Saudiya Arabistoni eʼlon qiladigan yakuniy qarorni kutmoqda.

Haj va umra ishlari vazirligining Financial Times nashriga bergan intervyusida ayni paytda vaziyat baholanayotgani va yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishini bildirgan. Avvalroq saudiyalik mutasaddilar har bir davlat uchun ajratilgan kvotaning 20 foiziga ruxsat berilishi haqida aytgan edi.

Ayrim davlatlar Saudiya Arabistonidan keladigan xabarni kutib oʻtirmay, oʻz fuqarolari uchun bu yilgi haj safarini bekor qildi. Shulardan biri – eng yirik musulmon aholiga ega Indoneziya. Din ishlari vaziri Faxrul Rizo pandemiya davom etayotgani munosabati bilan joriy yilda indoneziyaliklar haj safariga bormasligini maʼlum qildi. Uning aytishicha, Saudiya Arabistonida hajni xavfsiz tashkil etish uchun yetarli vaqt qolmagan.

Indoneziyadan tashqari Malayziya, Senegal va Singapur ham koronavirus pandemiyasi sababli oʻz fuqarolarini bu yil hajga yubormaslikka qaror qilgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?