Haj safari va chet davlatga ishga joʻnatish evaziga fuqarolarning 31 500 dollarni qoʻlga kiritgan firibgarlik fosh etildi

09:55 03 Iyun 2020 Jamiyat
194 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib ularni haj safariga va xorijiy davlatlarga ishga yuborish evaziga 31 500 AQSH dollari va 2,5 mln. soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?