Harbiylar uchun yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etildi

12:57 08 Avgust 2018 Jamiyat
288 0
Arxiv foto

Qurolli kuchlar tizimida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarorga muvofiq, Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish bo‘yicha alohida konsepsiya ishlab chiqilib, unda belgilangan ishlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi.

Harbiy xizmatchilar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatgan ishlari va yutuqlari uchun “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga ikki oylik muddatda ko‘krak nishoni Nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?