Harbiylar oilasi eʼtibor markazida

17:02 27 Iyun 2019 Jamiyat
190 0

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan “Sogʻlom turmush tarzi asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Milliy gvardiya Media markazi xabar berishicha, maqsad — harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzi asoslarini yanada takomillashtirish va singdirish shuningdek ijtimoiy himoya qilish, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirishdan iborat.

Tadbirlarda Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Respublika Psixologlar uyushmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, maktabgacha taʼlim muassasalari va Sogʻliqni saqlash boshqarmalari vakillari “Jismoniy faollik va ruhiy muvozanat salomatlik garovi”, “Oiladagi sogʻlom muhit va farzand tarbiyasi”, “Harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish tartibi”, “Oilada oʻzaro munosabatlar va ularning yechimlari” kabi bir qator mavzularda maʼruzalar bilan ishtirok etyapti.

Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun kitob hamda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazilib, oilalardagi vaqtincha ishsiz ayollar ish bilan taʼminlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?