Harbiylar Muhammad Yusuf uy-muzeyida hashar oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18-avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb eʼlon qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida, okruglar, harbiy shaharcha va ularga yaqin hududlarda, harbiy qism va muassasalarda minglab koʻchatlar oʻtqazildi, daraxtlar butalanib, oqlandi, ariq va koʻchalar xazondan tozalandi, hududlarga yam-yashil oʻtlar va anvoyi gullar ekildi.
Unda Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy boʻlinmalarning harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
– Milliy qadriyatlarimizning boqiy anʼanalaridan biri hisoblanmish hashardagi saʼy-harakatlarimiz natijasida harbiy qism va muassasalar hududi va yon-atroflarida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi, mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi, ariq-zovurlar tozalandi, – dedi Toshkent harbiy okrugiga qarashali harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan kapitan Doniyor Olloberganov. – Aslida oʻsimlik, nav-nihol ekish, uni parvarishlash azal-azaldan ezgu ish sanaladi. Shunday ekan, inson ruhiyatini oziqlantiruvchi va rohat bagʻishlovchi bunday ishlarda ishtirok etish barchamiz uchun ham maroqli, ham huzurbaxshdir.
Taʼkidlash kerakki, umumxalq hasharida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ham faol ishtirok etib, yurtimiz obodonligiga oʻz hissasini qoʻshdi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: