Harbiy qismga tashrif buyurgan yoshlar muhandislik tayyorgarligi boʻyicha ilk koʻnikmalarga ega boʻlishdi

17:54 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
131 0

Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalari tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishini shakllantirish, oʻquvchilarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikdan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz shahri 14-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh oʻquvchilari shahardagi harbiy qismga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilar hamrohligida mashgʻulotlarda ishtirok etishdi.

Ularga muhandislik tayyorgarligi va ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish fanlari boʻyicha harbiy xizmatchilar tomonidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar jarayonida oʻquvchilar muhandislik tayyorgarligi va ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish vositalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha harbiy xizmatchilar yordamida amaliy meʼyorlarni bajarishdi.

Harbiy qismdan olam-olam taassurot olgan yoshlar mashgʻulotlar orqali ilk harbiy koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?