Harbiy qismga ishga kiritib qoʻyish evaziga pora olgan shaxs ushlandi

14:16 24 Avgust 2019 Jamiyat
228 0

Illyustrativ foto

Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Kogon shahrida yashovchi fuqaro F.B. ning arizasi yuzasidan tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.

Unda Buxoro tuman Qoʻshxodim mahallasida yashovchi, Harbiy qismda ishlovchi 26 yoshli M.J egallab turgan xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro F.B.ni aldab, uning ukasi D.M.ni vakolatli tanishlari orqali Harbiy qismlardan biriga ishga kiritib qoʻyish evaziga 4000 AQSH dollari pora berishga dalolat qilgan.

2019-yil 18-avgust kuni soat 15:20 larda Buxoro shahridagi Karvon buyum bozori qarshisidagi avtobuslar va mashinalar toʻxtash bekati oldida kelishilgan puldan 3000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?