Harbiy xizmatchilar uchun yangi shaharcha foydalanishga topshirildi

18:47 11 Yanvar 2020 Jamiyat
620 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Shodiyor Mutaharov/Toshkent viloyati. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Ohangaron tumanidagi harbiy qism xizmatchilari uchun bunyod etilgan shinam shaharchadagi uy-joylar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Ohangaronni qoʻshni Tojikiston Respublikasi bilan ajratib turuvchi Qurama togʻ tizmalari yon bagʻrida bunyod etilgan bu moʻjaz harbiy shaharchada yashovchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Uylarning kalitlari DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilaridan 8 nafariga topshirildi.

— Yurtimizda biz — harbiylarga hamisha alohida eʼtibor qaratib kelingan. Koʻrib turganingiz ushbu harbiy shaharchaning qurilib, foydalanishga topshirilishi ham aynan harbiylar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning samarasi, deb bilaman. Bir necha safdoshlarim qatori menga ham ushbu uylardan birining berilishi oilamiz uchun bayramga katta sovgʻa boʻldi. Davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday gʻamxoʻrliklarni, albatta, Vatanimiz oldidagi oʻz xizmatimiz bilan oqlashga vaʼda beramiz, – deydi kichik serjant Qurbonnazar Jumayev.

Tadbir katta konsert dasturi bilan davom etdi. Yangragan kuy-qoʻshiqlar barchaga bayram kayfiyatini taqdim etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?