Harbiy xizmatchilar togʻ tizmalarida murakkab vazifalarni bajarish koʻnikmasini oshirmoqda

15:41 23 Oktyabr 2019 Jamiyat
138 0

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyatida joylashgan dala-oʻquv maydonlarining birida kechgan amaliy mashgʻulotlar jarayoni zamonaviy jang uslublari negizida boshlandi. Erta tongdan “Yigʻin!” signali berilgach, harbiy xizmatchilar poligon tomon yoʻl oldilar.

Boʻlinmalarning jipsligini yanada mustahkamlash, oʻz mutaxassisliklari boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur mashgʻulotda harbiy xizmatchilar togʻ tayyorgarligiga oid bilim va malakalarini mustahkamlashdi.

Shaxsiy tarkibning togʻ tayyorgarligiga oid koʻnikmalarini tobora mustahkamlab borishni taʼminlaydigan oʻquv nuqtasida guruh shaxsiy tarkibi togʻ tayyorgarligi boʻyicha amaliy mashqlarni bajardi.

Shundan soʻng shaxsiy tarkib togʻli toʻsiqlarga chiqish, tushish, jangovar pozitsiyani egallash mashqlarini amalda bajarishdi. Bu jarayonda shaxsiy tarkib taktik harakatlanib, yon atrofni kuzatish uchun dozorlar qoʻydi, shu orqali ehtimoliy xavfning oldi olindi.

Eʼtirof etish lozimki, guruh shaxsiy tarkibi taktik harakatlanishning turli usullarini real vaziyatga yaqinlashtirilgan mashqlar orqali oʻrganishdi. Bunday yondashuv esa bugungi ehtimoliy vaziyatlarda jang olib borishning eng ustuvor tomonlarini oʻzlashtirish imkonini beradi.

Shaxsiy tarkib togʻ va choʻl sharoitida jangovar vazifani bajarish, har qanday togʻ toʻsiqlarini yengib, jismoniy koʻnikmasini yana bir karra oshirdi. Ularning professional tayyorgarliklarni qanchalar oʻzlashtirgani, mahorat va malakaga ega ekanliklari boʻlinma komandirlari tomonidan diqqat bilan kuzatib borildi.

Mashgʻulotlarning oʻziga xos murakkabliklari bor. Oʻtgan vaqt mobaynida mashqlarda toblangan yurt posbonlari bu gal ham vazifani toʻlaqonli bajardilar.

Alibek OMONTURDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va

ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?