“Har bir texnologiya insoniyatga xizmat qilishi kerak“

11:19 16 May 2019 Jamiyat
123 0

Yulduz Oʻrmonova, “Xalq soʻzi Online”. STEMM xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga tashrif buyurgan Isroil delegatsiyasi uch guruhdan iborat boʻlib, birinchi guruh professor-olimlardan tashkil topgan va ular oʻzbekistonlik talaba-yoshlarga zamonaviy texnologiyalar haqida ilmiy maʼruzalar oʻqiydilar.

Ikkinchi guruh asosan shifokor-oftolmolog olimlardan iborat boʻlib, ular Samarqand (2 kun) va Toshkentda (3 kun) bepul xayriya aksiyalari tashkil etishadi. Uchinchi ishbilarmon tadbirkorlar guruhi esa havodan suv olish uskunasi taqdimotini oʻtkazadilar.

- Konferensiya Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida deyarli bir hafta mobaynida davom etadi. - deydi Hikmat Sobirov, OʻzMU qoshidagi Yuqori texnologiya va muhandislik matematikasi qoʻshma fakulteti dekani. - Asosiy maqsad, olimlarni bir maqsad ostida birlashtirish. Tadbirda taʼkidlanganidek, har qanday texnologiya, har qanday islohot avvalo insoniyatga xizmat qilishi kerak. Yana bir maqsadimiz, koʻp sinalgan patentlarni hayotga tatbiq etish hisoblanadi. Masalan, Buxoroda yaqinda havodan suv oluvchi generator oʻrnatildi. Bu texnologiyani endilikda boshqa hududlarda ham joriy qilish borasida soʻz yuritiladi.

Konferensiya 17 maygacha davom etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?