“Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi boʻyicha ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi

11:21 21 May 2019 Jamiyat
484 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʻlimi xodimlari tomonidan, tuman prokuraturasi va Markaziy bank viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda AT “Xalq banki” Denov filialida “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi ijrosi ahvoli oʻrganildi.

Unda 12 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun 319,0 mln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilganligi, bank tomonidan ushbu ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilganligi oʻrganilmaganligi natijasida, mijozlar tomonidan kreditlar maqsadsiz sarflanib yuborilgan boʻlsa-da, kreditlar maqsadli ishlatilayotganligi haqida monitoring dalolatnomalari rasmiylashtirilib, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar kiritib, 319,0 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilinishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Denov filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?