Har bir davlat tashkilotida jamoatchilik kengashi tuziladi

09:19 06 Iyul 2018 Jamiyat
628 0
Illyustrativ foto

“Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilingan.

Qarorga ko‘ra har bir davlat tashkilotida huzurida, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar huzurida jamoatchilik kengashlari tuziladi.

Jamoatchilik kengashlari davlat organi rahbarining qaroriga asosan tuzilib, unga mehnat faxriylari, obro‘li fuqarolar, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qabul qilinadi.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarish Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?