Har bir bola – eʼtiborda!

16:46 28 May 2020 Jamiyat
272 0

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tashabbusi bilan, BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) bilan hamkorlikda 1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Zangiota tumanidagi 24-sonli voyaga yetmaganlar jazoni ijro etish koloniyasida tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, tarbiyalanuvchilarning oʻquv jarayonlari tugaganligini hamda pandemiya sharoitlarini inobatga olib, har bir tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari oʻrganildi.

Bundan tashqari, muassasada bolalarni saqlashning shart-sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi holatlariga ham eʼtibor berildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, ularning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun oʻzlari yoqtirgan sport inventarlari, rasm chizish buyumlari, shaxmat va shashka anjomlari yetkazib berildi.

Bundan asosiy maqsad – muassasa tarbiyalanuvchilarini vaqtlarini samarali oʻtkazish, sogʻligʻini mustahkamlash uchun sharoit yaratish hisoblanadi.

Shu bilan birga, muassasadagi har bir bola Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami bilan tabriklanib, ular davlatning eʼtibori va gʻamxoʻrligida ekanligi taʼkidlandi.

Tadbir sanitariya - gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilingan holda oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?