Hamshiralar 5 kunlik chaqaloqni 500 dollarga sotmoqchi boʻlishdi

15:44 01 Aprel 2019 Jamiyat
830 0

Illyustrativ foto

Qoʻqonda 5 kunlik chaqaloqni pullamoqchi boʻlgan fuqarolar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi va Qoʻqon shahar boʻlimi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻzbekiston tumanining tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruqxona boʻlimi hamshiralari A.I. va R.Q.lar, fuqaro G.T.ning 5 kunlik oʻgʻil farzandini tugʻruqxona boʻlimida fuqaro M.R.ga 500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.I. va R.Q.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?