Hamshira 8 chaqaloqni oʻldirishda ayblanmoqda

12:08 12 Noyabr 2020 Dunyo
3034 0

Angliyaning shimoli-gʻarbidagi Cheshir grafligida Lyusi Legbi ism-sharifli hamshira 8 chaqaloqni oʻldirish va yana 10 nafar yangi tugʻilgan goʻdak hayotiga suiqasd qilishda ayblanmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

30 yoshli tibbiyot xodimi ushbu hududdagi Countess of Chester Hospital shifoxonasining neonatal boʻlimida ishlagan. Ayni paytga kelib u qamoqqa olingan. Aslida shu paytgacha uni ikki marta hibs qilishgan. Ammo roʻy bergan holatga toʻliq aniqlik kiritilgunga qadar har safar gumondor garov evaziga ozodlikka chiqarilgan edi. 

Bugun hamshiraga nisbatan ayblov Uorrington magistrlik sudida rasman eʼlon qilinishi kutilyapti.

Tergov 2015-yil iyunidan 2016-yil iyuniga qadar davrda chaqaloqlar oʻlimi bilan bogʻliq holatlarni oʻrgandi. 

Sababi 2017-yilda Countess of Chester Hospital shifoxonasida yangi tugʻilgan goʻdaklarning nobud boʻlishi bilan bogʻliq yuqori koʻrsatkich politsiya eʼtiborini tortgan. 

Tekshiruv ishlariga yordam bergan shifokorlar esa vafot etgan chaqaloqlar tanasida noodatiy jarohatlarni aniqlashgan.   

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?