Hamma xavfsiz boʻlmaguncha, hech kim va hech bir mamlakat xavfsiz boʻlmaydi — BMT Bosh kotibi pandemiyani toʻxtatishning yagona chorasini maʼlum qildi

19:37 11 Sentyabr 2020 Dunyo
718 0

Illyustrativ surat

Jahon hamjamiyati koronavirus vaksinalaridan teng foydalanishni taʼminlashi shart. Zero, bu insoniyatni “Covid-19” pandemiyasidan himoya qilishning yagona usulidir.

Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro “ACT Accelerator” (COVID-19ga qarshi vositalariga ega boʻlish tezligini oshirish) dasturi Kengashining yigʻilishida aytib oʻtdi.

“Hamma xavfsiz boʻlmaguncha, hech kim va hech bir mamlakat xavfsiz boʻlmaydi”, deydi Bosh kotib.

Ayni paytda donorlar dasturini amalga oshirish uchun qariyb 3 milliard dollar ajratilganligini maʼlum qilgan Antoniu Guterrishvaksinalar va diagnostika vositalarini ishlab chiqarish uchun qoʻshimcha 35 milliard dollar ajratish zarurligini qoʻshimcha qildi.

“Keyingi 3 oy ichida 15 milliard dollari mablagʻ yoʻnaltirilmasa, biz imkoniyatlarimizni boy beramiz”, degan Guterrish.

Oʻz navbatida, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ham “ACT Accelerator” sherikligi mablagʻ sezilarli darajada koʻpaymasa muvaffaqiyatga erishib boʻlmasligini taʼkidlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?