Hamkorlikning yangi odimlari...

15:42 08 Avgust 2019 Jamiyat
235 0

Xabaringiz bor Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida hamkorlik masalalariga bugun federatsiya alohida eʼtibor qaratmoqda. Shu maʼnoda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish va inson manfaatlari sohasini nazorat qilish boʻyicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbariyati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi isteʼmolchilar huquqini himoya qilish va inson manfaatlari sohasini nazorat qilish boʻyicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va isteʼmolchilarning trans-chegara shikoyatlarini koʻrib chiqish sohasida hamkorlik masalalari, turizm sohasida ikki davlat fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sayyohlarni toʻlaqonli axborot bilan taʼminlash, ularning isteʼmolchi sifatidagi huquqlarining buzilishini oldini olish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi. Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Xalqaro isteʼmolchilar konfederatsiyasiga aʼzo boʻldi, Janubiy Koreya isteʼmolchilar agentligi, Hindiston Isteʼmolchilar assotsiatsiyasi, Ozarbayjon ozod isteʼmolchilar ittifoqi, Turkiya isteʼmolchilar huquqlari assotsiatsiyasi, Qozogʻiston isteʼmolchilar tashkiloti, Tojikiston isteʼmolchilar ittifoqi kabi qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Rossiyaning isteʼmolchilar huquqini himoya qilish va inson manfaatlari sohasini nazorat qilish boʻyicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) bilan hamkorlikni yoʻli qoʻyilishi esa isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida ulkan qadamlardan biridir.Hamkorligimiz geografiyasining kengayayotgani nafaqat Oʻzbekistonda balki boshqa davlatlarda ham fuqarolarimizni isteʼmolchi sifatida huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga asos boʻlib xizmat qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?