Ham sayohat, ham ziyorat

17:44 19 Yanvar 2019 Jamiyat
346 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev.

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi 41 mahalla xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimlarining 50 nafar vakili Toshkent va Samarqand shaharlariga sayohat qilishib, muzeylar hamda tarixiy joylarni tomosha qilishdi.

— “Ham sayohat, ham ziyorat” deganlaridek, xotin-qizlarimizning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda bunday saʼy-harakatlar ijobiy taʼsir koʻrsatadi, — deydi tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Manzura Ochilova. — Koʻplab ziyoratgohlar qatorida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yodgorlik majmuasida tashrif buyurib, unutilmas taassurotlar oldik.

Ziyoratchilar yana bir qator eʼtiborga molik joylarda boʻlishdi.

Foto: Hakim Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakim Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakim Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakim Yoʻldoshev.

Zilola POʻLATOVA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?