Ham puldan, ham avtomashinalardan ayrildi

09:21 12 Avgust 2019 Jamiyat
203 0

Illyustrativ foto

2019-yil yanvar-iyun oylarida Sergeli tumanida 38 yoshli Xurshidjon K. tanishi boʻlgan 47 yoshli Baxtiyor X.ga har xil turdagi 3 ta “Kobalt”, “Neksiya” va “Spark” avtomobillarini u uchun xarid qilishini vaʼda qilgan. Buning uchun u Baxtiyor A.dan 19 350 AQSH dollari olgan. Ammo vaʼdasida turmasdan, xarid qilingan avtomobillarni boshqasiga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt buyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?