Hali karantin tugamadi. Lekin banklar kredit qarzlarini toʻlashni soʻrashmoqda, shu toʻgʻrimi? 

10:42 08 Iyul 2020 Jamiyat
341 0

Banklar koronavirus pandemiyasi oqibatida jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlari bilan bogʻliq risklarni puxta oʻrganib chiqish asosida ularning toʻlov muddatini tomonlar kelishuviga koʻra, joriy yil 1-oktyabrga qadar uzaytirish amaliyotini qoʻllashmoqda. Bunda qarzdorning olayotgan daromadlari kreditning:

a) asosiy qarzni toʻlashga yetmagan taqdirda, kredit shartnomasining oxirgi muddatini mos davrga uzaytirish;

b) asosiy qarz va foiz toʻlovlarini toʻlashga yetmagan taqdirda, kreditning asosiy qarzni yuqoridagi «a» kichik bandiga asosan va hisoblangan foizlarni toʻlov muddati uzaytirilgan davrga mos ravishda uzaytirish boʻyicha kredit shartnomasiga oʻzgartirish kiritilishi belgilangan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, koronavirus pandemiyasi oqibatida kredit toʻlovlarini uzaytirish uchun qarz oluvchilar bankka faqatgina asoslantirilgan murojaat taqdim etishlari lozim boʻladi.

Oʻz navbatida, respublika hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilganligi sababli jismoniy shaxslarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida banklar kredit toʻlov muddatini uzaytirish boʻyicha murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimini ham (jumladan, veb-sayt, internet-banking, mobil ilova, kol-markaz va boshqalar orqali) joriy etishgan boʻlib, bu haqida oʻzlarining veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali maʼlum qilib borishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?