Jahon chempionati finalini boshqaradigan hakam ma’lum bo‘ldi

09:54 13 Iyul 2018 Sport
1254 0
Foto: РИА Новости

Argentinalik hakam Nestor Pitana chempionati final o‘yiniga tayinlandi.

Unga qanotlarda vatandoshlari Ernan Maydana va Xuan Belatti yordam berishadi. Zaxira hakami — Born Kuypers, zaxira assistenti — Ervin Zeynstra (har ikkalasi ham Gollandiya).

Jahon chempionati finalida Fransiya — Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Bu Nestor Pitana uchun JCH-2018dagi beshinchi, jahon chempionatlari tarixidagi 9-o‘yin bo‘ladi.

43 yoshli referi bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyo rekordi sohibi, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovga yaqinlashib oladi. Hamyurtimiz hisobida 11ta o‘yin bor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?