Hayvonot bogʻiga kirish chiptalari narxi oshirildi

19:01 28 Fevral 2019 Jamiyat
406 0

Bu haqda Toshkent hayvonot bogʻi saytida eʼlon qilindi.

Unga koʻra, kommunal xizmatlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshganligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 25 fevraldagi 01-11-11-398-sonli xatiga hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasining 2019 yil 27 fevraldagi 01-19/54-sonli koʻrsatmasiga asosan, 2019 yil 1 martdan Toshkent hayvonot bogʻi kirish chiptalarining narxlari quyidagicha belgilandi:

7 yoshgacha bolalar uchun - bepul

7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun - 10 000 soʻm

Kattalar uchun - 15000 soʻm

Muddatli harbiy xizmatdagi askarlar uchun -10 000 soʻm

Yoshga doir nafaqadagi shaxslar uchun - 10 000 soʻm

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun - bepul


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?