Haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan yigit ekskavatorda piyodani urib yubordi

16:28 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
308 0

Joriy yilning 3-sentyabr kuni soat 11:05 larda, Fargʻona viloyati, Qoʻshtepa tumani hududidan oʻtgan 4R-127 «Margʻilon-Soyboʻyi-Mingbuloq» avtomobil yoʻlining 10-kilometrida haydovchi, 2001-yilda tugʻilgan, haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan A.J. “HYUNDAI” rusumli ekskavatorni boshqarayotib, yoʻlning chap tomonidan oʻng tomoniga kesib oʻtayotgan piyoda, 1952-yilda tugʻilgan X.S.ni urib yuborgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada piyoda, 68 yoshli X.S. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

"Mazkur YTH yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha fuqarolardan haydovchilik guvohnomasini olmay turib, transport vositasini boshqarmasliklarini, oʻzi va oʻzgalar hayotini xavf ostiga qoʻymasliklarini, piyodalardan esa qoidalarga amal qilishlarini soʻrab qolamiz" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?