Haydovchilar diqqatiga! Qoʻqon shahridagi “toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgisi taʼsiri doirasi hududiga statsionar maxsus kameralar oʻrnatildi

15:27 11 Mart 2020 Jamiyat
284 0

Qoʻqon shahridagi “Yangi bozor” savdo majmuasi joylashgan Farobiy koʻchasida tirbandliklarning oldini olish maqsadida “toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgisi taʼsir doirasida qoldirilgan avtomobillarni qayd qilib boruvchi 4 ta aylanma statsionar maxsus kameralar oʻrnatildi.

Ushbu aqlli qurilmalar avtomobil toʻxtagan vaqtni belgilab oladi va 1 daqiqadan soʻng oʻsha joyga qaytib, vaqt va fotosuratlarni taqqoslaydi.
Kamera inson omilisiz, avtomatik tarzda ishlab, avtomobilning raqamini aniqlab, qoidabuzarlik boʻyicha qaror qabul qiladi.
Oʻzbekiston pochtasiga joʻnatilgan xabar asosida haydovchining uyiga maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi qaror yuboriladi.
Maʼlumot uchun: ushbu kameralar hozirda sinov tariqasida ishga tushirilgan. Tez kunda qoidabuzarliklarni qayd eta boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?