Haydovchi piyodalar ustiga bostirib keldi. Oqibatda...

11:22 13 Sentyabr 2018 Dunyo
329 0
Illyustrativ foto

Xitoy janubidagi Xunan muzofoti Xenʼyan shahrida haydovchi oʻz avtomobilida odamlar gavjum maydondagi piyodalar hududiga bostirib bordi.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra toʻqqiz kishi halok boʻlgan, 46 kishi jarohatlangan. Ularning uch nafarining ahvoli ogʻir.

CNN xabariga qaraganda, shundan soʻng haydovchi mashinasidan tushib yana bir necha kishiga pichoq bilan hujum qilgan.

Politsiya jinoyatchi ushlangani va uning shaxsi aniqlanganini maʼlum qildi. U boshqa jinoyatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlum boʻlgan.

Rasmiylar mazkur fojeaning terrorizm bilan aloqasi bor yoki yoʻqligi haqida izoh bermagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?