Haydovchi YPX xodimini doʻpposlagani aks etgan video tarqaldi

17:14 12 Iyun 2019 Jamiyat
418 0

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl-patrul xizmati xodimi va haydovchi oʻrtasidagi kelib chiqqan mojaro aks etgan videolar tarqaldi.

Foydalanuvchilarning xabar berishicha, voqea Jizzax viloyatida sodir boʻlgan. Unda yoʻl patrul xizmati inspektori va haydovchi oʻrtasida nizo kelib chiqqanini koʻrish mumkin.

Qayd etilishicha, haydovchi YPX xodimining oʻzini toʻxtatganidan norozi boʻlib, uni doʻpposlab ketgan.

Hozircha ushbu hodisa qachon va aynan qayerda sodir boʻlgani aniq emas. IIV bu borada rasmiy maʼlumotlar taqdim etmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?