ОАВ: Ҳабиб Нурмагомедовнинг отаси ва мураббийи Абдуманноп Нурмагомедовнинг аҳволи ўта оғир

00:11 19 May 2020 Sport
504 0

Arxiv surat

Rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmagomedovning ahvoli ogʻirlashgan va u oʻpkani mexanik shamollatish apparatiga oʻlangan.

Mutaxassislar Abdulmannap Nurmagomedovning ahvolini oʻta ogʻir deb baholashmoqda va unda koronavirus infeksiyasini dastlabki tashxisi ham tasdiqlangan.

Taʼkidlanishicha, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov infeksiya asoratlar tufayli insultni ham boshdan kechirgan.

Manbaga koʻra, murabbiyni 25-aprel kuni Dogʻistondagi kasalxonaga joylashtirishgan. Ammo u yerda ahvoli ogʻirlashgan va shifokorlar Nurmagomedovni Moskvaga maxsus reys bilan koʻchirishga qaror qilishdi. U poytaxt klinikasida koma holatiga tushib qolgan. Lekin mutaxassislar uni komadan chiqarishga muvaffaq boʻlishgan.

Ayrim OAVlarda Abdulmannap Nurmagomedov dastlab kasallikni oyoqda oʻtkazgani va kasalxonaga yotishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Keyinchalik Habib va amakivachchalarining iltimosi bilan u shifokorlarga murojaat qilgan.

Keyinchalik murabbiyning ahvoli yomonlashgan. “Sport-Ekspress“ nashri oʻz manbalariga tayanib yozishicha, Maxachqalʼa kasalxonasida uni notoʻgʻri davolashgan va natijada ahvoli ogʻirlashgan.

Ammo keyinchalik kasalxonada unga qatʼiyan taqiqlangan boʻlsa-da, ertalab mashqlarni bajarganligi tufayli ahvoli ogʻirlashgani maʼlum qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?