Habib Nurmagomedov va Jastin Getji oʻrtasidagi jang sanasi maʼlum boʻldi

13:14 29 Iyul 2020 Dunyo
498 0

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji oʻrtasidagi jang 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Habib va Getji oʻrtasidagi jang UFC 254 musobaqasining asosiy voqeasi boʻladi.

Rasmiy posterda jang qayerda boʻlib oʻtishi koʻrsatilmagan. Avvalroq UFC 254 Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da oʻtkazilishi xabar qilingandi.

Mazkur jang avvaliga 19-sentyabr kungi UFC 253 musobaqasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgandi. Biroq rossiyalik yakkakurashchining otasi Abdulmannop Nurmagomedovning oʻlimi sabab bellashuv qoldirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?