Habib Nurmagomedov gʻalabadan soʻng rekord darajada gonorar ishlab oldi

10:17 10 Sentyabr 2019 Sport
196 0

Aralash qoidali yakkakurashlarning yengil vazndagi UFC chempioni, rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov 6 090 000 dollar ishlab oldi. Bu haqda Sports Daily xabar berdi. Mazkur raqam UFC promoshni tarixidagi eng rekord koʻrsatkichdir.

Xabaringiz bor, yaqinda u raqibi amerikalik Dastin Poryeni 3-raundda, muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratib, oʻz kamarini munosib himoya qilgan edi.

Daromadning 6 million dollari kafolatlangan gonorar, 50 ming dollari kechada yaxshi chiqish qilgani bonus va yana 40 ming dollari jang oldidagi tadbirlarda ishtirok etgani uchun kelib tushgan.

Raqibi Dastin Porye esa, magʻlubiyatga uchraganiga qaramay, 290 ming dollar ishlab olgan (250 ming jang uchun plyus 40 ming jang oldi faoliyati uchun).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?