Gurlanda hokim yordamchisi va MTM mutaxassisi qoʻlga olindi

13:42 16 Yanvar 2019 Jamiyat
372 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Gurlan tuman hokimining yordamchisi U.K. fuqaro U.dan uni tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tizimidagi muassasalarning biriga Gurlan tuman MTM boʻlimining kadrlar boʻyicha mutaxassisi orqali ishga kiritib qoʻyish evaziga 600 AQSH dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departament xodimlari tomonidan U.K.ning koʻrsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, tuman MTM boʻlimining kadrlar boʻyicha mutaxassisi M.M. tuman hokimi yordamchisi U.K. bilan uchrashib oldindan kelishilgan 600 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar U.K. va M.M.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?