Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

14:51 21 Aprel 2020 Jamiyat
434 0

Bugun, 21-aprel kuni Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. 2018-yildan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Murodjon Azamatovich Achilov Gurlan tumani hokimietib tayinlandi.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, viloyat hokimi Farhod Ermanov qatnashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?