Gulnora Karimovaning pullari qayerga kelib tushgan?

17:14 27 Iyun 2019 Jamiyat
961 0

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro G. Karimova tomonidan davlat foydasiga 1,2 mlrd. AQSH dollari oʻtkazildi degan xabar tarqaldi. Moliya vazirligi matbuot xizmati bu borada bayonot berdi.

Davlat byudjetiga undirilgan mablagʻlarning fuqarolar kesimidagi hisobi Moliya vazirligi tomonidan yuritilmaydi. Bunda oʻtgan yili va joriy yilning birinchi yarmida koʻrsatilgan miqdorda mablagʻlar byudjetga kelib tushmadi.

Xususan, oʻtgan yili davomida davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulk (valyuta mablagʻlari va zargarlik buyumlarini qoʻshgan holda) sotishdan tushumlar 163 mlrd.soʻmni yoki 20,2 mln. AQSH dollarini (oʻrtacha yillik kurs boʻyicha) tashkil qildi.

Joriy yil birinchi yarmida esa davlat ixtiyoriga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan 99,4 mlrd.soʻm yoki 11,8 mln. AQSH dollari (oʻrtacha kurs boʻyicha) kelib tushdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?