Gulnora Karimova va uning oila aʼzolari uchun uch kunlik uchrashuv tashkil qilindi

12:10 11 Iyul 2019 Jamiyat
349 0

Oldinroq Adliya vazirligi tomonidan Internet tarmogʻida mahkuma G. Karimovaga tegishli tibbiy yordam koʻrsatilmayotgani hamda u doimo ruhiy bosim ostida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha oʻrganish oʻtkazilgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

Oʻrganish davomida (joriy yilning 3-iyul kuni) G. Karimova oila aʼzolarining u bilan uzoq muddatli uchrashuv soʻrab yozgan murojaati kelib tushganlik fakti aniqlangan edi.

Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga muvofiq mahkumlarning uzoq muddatli uchrashuv huquqi taʼminlanishini oʻrganish maqsadida monitoring oʻtkazildi.

Monitoring davomida, mahkuma G. Karimova oʻzining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019-yilning 7-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar, oʻz oila aʼzolari bilan uch kunlik – uzoq muddatli uchrashuvda boʻldi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Ularga, uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalanayotgan boshqa mahkumalar kabi, alohida uzoq muddatli uchrashuvlarga moʻljallangan yashash joyi ajratildi.

Ushbu uchrashuvni boʻlish, shuningdek, oila aʼzolari tomonidan olib kelingan posilka va banderollarni kiritishni cheklash holatlari boʻlmadi.

Suhbat davomida, G. Karimovaning oila aʼzolari ushbu davrda boshqa mahkumalar ham oʻzining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda yaqinlari bilan birga boʻlganligini taʼkidlashdi, bu boshqa mahkumalarning uchrashish huquqlari taʼminlanayotganligini bildiradi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida, G. Karimovaning oila aʼzolari G. Karimovaga tegishli tibbiy yordam koʻrsatilmayotganligi va unga bosim oʻtkazilayotganligi boʻyicha shikoyat va eʼtiroz bildirishmadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?