Gulnora Karimova tinch va xotirjam, salomat holida oʻz jazo muddatini oʻtayapti

22:25 07 Mart 2019 Jamiyat
2299 0

Illyustrativ foto

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimiz huquq-tartibot organlari faoliyatiga doir, ularda rahbarlarning almashgani, qolaversa, Gulnora Karimovaning zoʻrlik bilan oʻgʻrilanib ketilgani va eng oxirgi xabar — uning oʻz kamerasida joniga qasd qilgani haqida yolgʻon xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuraturaning matbuot xizmati bu xabarlarning hammasi yolgʻon, zamonaviy axborot tilida aytganda, “feyk” ekanini bildiradi. Bularning barchasi aniq bir maqsadni koʻzlab amalga oshirilayotgan axborot xurujlaridir. Yurtimiz aholisi va ayniqsa, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlardan mazkur xabarlarga ishonmaslikni hamda biron maʼlumot tarqatishdan oldin uning nechogʻli haqiqatga mosligini tekshirib koʻrishlari va aniq dalillarga asoslangan holda axborot uzatishlarini soʻraymiz.

Gulnora Karimovaning oʻz joniga qasd qilgani masalasiga kelsak, mahkuma ayni paytda tinch va xotirjam oʻzining oʻtalmay qolgan jazo muddatini belgilangan umumiy koloniyada belgilangan tartibda oʻtamoqda. Uning hayotiga hech qanday xavf yoʻq, ayni paytda G. Karimova sogʻ-salomat.

Surayyo Rahmonova, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?