Gulistonga yangi hokim tayinlandi

11:05 19 Oktyabr 2018 Jamiyat
954 0
Illyustrativ foto

Joriy yilning 18 oktyabr kuni Xalq deputatlari Guliston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyati hokimi qaroriga asosan, Guliston tuman hokimi Ibodullayev Abdumavlon Abduaxatovich lavozimidan ozod etilib, Gafurov Shavkat Alibekovich Guliston tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sh.Gafurov – 1965 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. 1995 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2012 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?