Gulistondagi bayram tadbiri alisher navoiy bobomizga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi

16:42 21 Oktyabr 2019 Jamiyat
140 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryoliklar “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligi bagʻishlangan tadbirlarni tantanavor ruhda oʻtkazishmoqda.Xususan, Guliston shahrida tashkil etilgan bayram ulugʻ bobomiz Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyilib, oʻzbek adabiy tilining asoschisiga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi.

”Yoshlar markazi”da boʻlib oʻtgan tantanali yigʻilishda esa ona tilimizning nafosati, boy imkoniyatlari, uzoq tarixi va boshqa koʻplab jihatlari haqida gap bordi. Soʻngra “Bilimdonlar maskani”da Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gʻiyos Boytoyev hamda sirdaryolik sanʼatkorlar ijrosidagi konsert namoyish etildi.

-Prezidentimiz qaroriga binoan ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotganidan behad xursandmiz, -deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Noriniso Qosimova.- Zero, tilimiz ham bayrogʻimiz, ramzimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir, davlatimiz, xalqimizning bebaho boyligidir.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ. Mirzayev ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?