Nomusning bahosi 150 ming soʻmmi? Gulistonda fohisha qoʻlga tushdi

22:06 22 Aprel 2020 Jamiyat
2263 0

Guliston shahrida fohishalik bilan shugʻullanayotgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 20-aprel kuni soat 21:30 larda Boyovut tumani Gulbogʻ MFYda doimiy roʻyxatda turib, oʻzi Guliston shahar 4-mavze “Boʻston” MFYda yashovchi vaqtincha ishsiz Ya.N. karantin qoidalarini buzgani aniqlangan. U yashash joyida Guliston shahar “Sayqal” MFYda yashovchi 1996-yilda tugʻilgan vaqtincha ishsiz fuqaro J.J. bilan 150 ming soʻm evaziga jinsiy aloqa qilayotganda qoʻlga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB HPBtomonidan fuqaro Ya.N.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-modda 2-qismi, 190-modda 2-qismi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar Guliston shahar maʼmuriy sudi tomonidan koʻrib chiqildi.

Sud hukmi bilan huquqbuzar Ya.N.ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) barobari, yaʼni 4.460.000 soʻm miqdorida jarima, 190-moddasi 2-qismi bilan 5 (besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?