Gulistonda kofe yoki salqin ichimlik ichib kitob oʻqish mumkin boʻlgan ziyo maskani ish boshladi

19:27 18 Aprel 2019 Jamiyat
218 0

Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Gulistonda zamonaviy “Oʻqituvchi” kitob doʻkoni ochildi. Unda eng sara va yangi chop etilgan adabiyotlarni sotib olish bilan birga, shu yerning oʻzida mutolaa qilish ham mumkin.

Eʼtiborlisi, doʻkonning oʻquv zali odatdagiga oʻxshamaydi. Yaʼni ushbu oʻziga xos kafe-kutubxonada (Book cafe) kitob oʻqish bilan birga kofe va salqin ichimliklar isteʼmol qilish mumkin.

Doʻkon mudiri Madrahim Qosimovning aytishicha, hozircha tokchalar 10 mingga yaqin adabiyotlar bilan toʻldirildi. Yana bir jihati, bu yerga bosma mahsulotlar nashriyotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida keltiriladi. Bu esa kitob narxining ancha arzon boʻlishini taʼminlaydi.

Yangi kitob doʻkonining ochilish tantanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev soʻzga chiqdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?