Gulistonda xuddi kinolardagidek bosqinchilik sodir etildi. “Rollar“dan birida kollej oʻquvchisi

17:01 08 Noyabr 2018 Jamiyat
1911 0
Illyustrativ foto

Ushbu voqea kecha, 7 noyabr kuni Guliston shahrida sodir boʻldi.

Mazkur shaharda yashovchi I.Yu.ning uyiga J. B., kollejning (qaysi kollejligi aytilmagan) 3-bosqich oʻquvchisi B.A., muqaddam sudlanganlar U.M. va I.M.lar yuzlariga niqob kiyib olib, bostirib kirgan hamda uy egasining boshiga yogʻoch bilan urib, pul talab qilgan. Bu vaqtda I.Yu.ning turmush oʻrtogʻi baqirgan.

Buni shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari eshitib qolgan va voqea joyiga yetib kelgan. Koʻrilgan tezkor choralar natijasida 3 nafar bosqinchi qoʻlga olingan. Lekin bittasi, kollej oʻquvchisi J.B. voqea joyidan qochib qolishga ulgurgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, koʻrilgan tezkor qidiruv natijalari tufayli u bugun qoʻlga olingan.

I.Yu. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?