Gulistonda IT parkning Sirdaryo filiali ochildi

14:31 30 Iyun 2020 Iqtisodiyot
124 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bugun Guliston shahrida Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktori Farhod Ibragimov ishtirokida IT parkning Sirdaryo filiali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
 

Zamonaviy meʼmorchilik uslubida qurilgan binoda kuniga 1,5 ming dastruchi mashgʻulot oʻtkazish imkoniyatiga ega.

— Oʻquv markazimiz dasturi oddiy kompyuter savodxonligidan loyihalar yaratishgacha boʻlgan bosqichlardan iborat, — deydi filial direktori Oybek Anvarov. — Shuningdek, seminarlar zali, kovorking markazi, erkin muloqot maydonchasi, IT-ofislarga ham egamiz. IT – kafe va dam olish joylarimiz ham bor. Shuningdek, kibersport uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Murabbiy-oʻqituvchilarning barchasi sohaning yuqori malakali mutaxassislari hisoblanadi. Ular tarkibida Hindistondan kelgan murabbiy ham bor.
 

Tadbirda viloyat rahbari markazga “Bu maskan, Sirdaryoning kelajak manzilidir” deya baho berdi. Va markazda “Kibersport” boʻyicha Sirdaryo ochiq chempionatini oʻtkazishga kelishib olindi.
 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?